JIK · 181-modda

181-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi

Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari sogʻliqni saqlash organlari tomonidan sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasiga muvofiq quyidagi tartibda qoʻllaniladi:

majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish ruhiy holati buzilgan shaxsning yashash joyi boʻyicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) amalga oshiriladi;

ruhiy holati buzilgan shaxsni jamiyatdan batamom ajratib majburiy davolash, uning ruhiy holatiga qarab, umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan boʻlimida yoki umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya boʻlimida yoxud kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida amalga oshiriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.