JIK · 185-modda

185-modda. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarning huquq va majburiyatlari

Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida majburiy davolanayotgan bemorlar:

har kuni sayr qilish;

xatlar, posilka, yoʻqlov va banderollar, shuningdek pul joʻnatmalari olish va yuborish;

qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashish;

diniy rasm-rusumlarni ado etish;

oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish hamda ularni oʻz yonida saqlash;

kasalxona kutubxonasidan foydalanish huquqiga ega.

Bemorlar advokat xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Davolash samaradorligini va kasallar yoki boshqa shaxslar xavfsizligini taʼminlash maqsadida qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda bemorlarning huquqlari cheklanishi mumkin.

Bemorlar tayinlangan muolajani qabul qilishi va ichki tartib qoidalariga rioya etishi shart.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.