# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 194-modda. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/194 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)