# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 196-modda. Yetkazilgan zararni toʻlash yoki bartaraf etish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/196 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Voyaga yetmagan shaxsning yetkazilgan zararni oʻz mablagʻlari hisobidan yoki oʻz mehnati bilan toʻlashi yoxud bartaraf etishi sud tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. Yetkazilgan zararni oʻz mablagʻlari hisobidan yoki oʻz mehnati bilan toʻlash yoxud bartaraf etish majburiyatini yuklash tariqasidagi majburlov chorasi ijro etilganligi toʻgʻrisida tegishli hujjat tuziladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)