# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 197-modda. Maxsus oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/197 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Voyaga yetmagan shaxslar xalq taʼlimi organlarining maxsus oʻquv-tarbiya muassasalariga qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiriladi. Voyaga yetmagan shaxslarning maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida boʻlishi tartibi va sharoiti, oʻquv jarayoni va tarbiyaviy taʼsirga oid ishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)