# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 2-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligining vazifasi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/2 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jinoyat-ijroiya qonunchiligining vazifasi jazo ijrosini taʼminlash, mahkumlarni axloqan tuzatish, jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)