# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 23-modda. Korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatining hukmni ijro etish borasidagi majburiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/23 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati probatsiya boʻlinmasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida quyidagilarni amalga oshirishga majbur: mahkum egallash va shugʻullanish huquqidan mahrum etilgan lavozimdan yoki mehnat faoliyati turidan uni ozod qilish; probatsiya boʻlinmasiga hukm talablari ijro etilganligi toʻgʻrisida, tegishli hujjatlarni ilova etgan holda, xabar yoʻllash; mahkum boshqa ishga oʻtkazilgan yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bu haqda probatsiya boʻlinmasiga xabar qilish. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)