# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 24-modda. Muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organning majburiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/24 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organ probatsiya boʻlinmasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida mahkum shugʻullanishi taqiqlangan faoliyat turi uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilib, tegishli hujjatni olib qoʻyishga va bu haqda probatsiya boʻlinmasiga xabar yoʻllashga majbur. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)