# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 25-3-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining majburiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/25-3 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari: probatsiya boʻlinmasiga mahkumlar majburiy jamoat ishlarini oʻtashi mumkin boʻlgan joylarning (obyektlarning) roʻyxatini va majburiy jamoat ishlarining turlarini kelishuv uchun taqdim etadi; mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlarini oʻtash uchun zarur sharoitlar tashkil etilishini taʼminlaydi; majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslarning mehnatini qoʻllash samaradorligini oʻrganadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)