# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 25-5-modda. Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxsning majburiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/25-5 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs: sudning hukmi, ajrimi yoki qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida yashash joyidagi probatsiya boʻlinmasida hisobga turishi; majburiy jamoat ishlarini bajarish va oʻtash shartlariga rioya etishi; oʻzi uchun belgilangan joyda (obyektda) ishlashi hamda majburiy jamoat ishlarining belgilangan muddatlari va hajmlarini ishlab berishi; majburiy jamoat ishlarini oʻtash joyidagi (obyektidagi) tashkilotning (organning) ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi, mehnatga vijdonan munosabatda boʻlishi; yashash joyi oʻzgarganligi haqida probatsiya boʻlinmasini xabardor qilishi, shuningdek uning chaqiruviga binoan yetib kelishi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)