# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 25-7-modda. Jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzish oqibatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/25-7 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzganligi uchun probatsiya boʻlinmasi uni qoidabuzarlik oqibatlari haqida qonunchilikka muvofiq yozma shaklda ogohlantiradi. Majburiy jamoat ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlagan mahkumga nisbatan probatsiya boʻlinmasi Jinoyat kodeksining 45-1 yoki 82-1-moddalariga muvofiq majburiy jamoat ishlarini jazoning boshqa turi bilan almashtirish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma yuboradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)