# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 27-modda. Probatsiya boʻlinmasining majburiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/27 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi: axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarni roʻyxatga oladi; mahkumga jazoni oʻtashning tartibi va shartlarini tushuntiradi; boshqa joylarda oʻtaladigan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarni ishga joʻnatadi; mahkumlar tomonidan jazoni oʻtash shartlariga rioya etilishini tekshiradi; mahkum ishlaydigan korxona, muassasa va tashkilot maʼmuriyati tomonidan hukm talablari ijro etilishini tekshiradi; mahkumni qidirib topish yuzasidan dastlabki tadbirlarni oʻtkazadi, zarur materiallarni tayyorlaydi va tegishli xizmatga oshiradi; axloq tuzatish ishlarini boshqa joylarda oʻtayotgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun ruxsatnoma berish masalasini koʻrib chiqadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)