# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 28-modda. Korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatining hukmni ijro etish borasidagi majburiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/28 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati quyidagilarga majbur: mahkumning ish haqidan toʻgʻri va oʻz vaqtida chegirib qolinishini hamda chegirib qolingan summa davlat foydasiga oʻtkazilishini taʼminlash; mahkumga nisbatan qoʻllanilgan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari haqida, uning jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgani, boshqa ishga oʻtkazilganligi yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida probatsiya boʻlinmasini xabardor etish. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)