# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 4-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligi va xalqaro-huquqiy hujjatlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/4 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jinoyat-ijroiya qonunchiligi xalqaro huquqning jazoni ijro etish va mahkumlar bilan muomalada boʻlishga taalluqli prinsiplari va normalarini inobatga oladi. Jinoyat-ijroiya qonunchiligining normalari mahkumlarni qiynoqqa solish va boshqa gʻayriinsoniy yoki kamsituvchi muomala turlaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi xalqaro hujjatlarga zid boʻlishi mumkin emas. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida jinoyat-ijroiya qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnomaning qoidalari qoʻllaniladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)