# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 47-modda. Umumiy tartibli koloniyalar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/47 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Umumiy tartibli koloniyalar quyidagilarga boʻlinadi: ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan ayollar saqlanadigan koloniyalar, ushbu Kodeksning 48-moddasida koʻrsatilgan ayollar bundan mustasno. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)