# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 48-modda. Qattiq tartibli koloniyalar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/48 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Qattiq tartibli koloniyalar quyidagilarga boʻlinadi: ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan va qasddan jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan va oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan ayollar, shuningdek oʻta xavfli retsidivist deb topilgan ayollar saqlanadigan koloniyalar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)