# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 59-modda. Turli toifadagi mahkumlarni birga saqlash hollari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/59 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Davolash huquqi asosidagi koloniyalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda har xil turdagi jazoni ijro etish muassasalaridan kelgan mahkumlarni birga saqlashga ruxsat etiladi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda muayyan bir turdagi koloniyalarda ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni boshqa turdagi koloniyada oʻtashi lozim boʻlgan mahkumlarni saqlash uchun batamom ajratib qoʻyilgan uchastka tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi. Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda mahkumlar jazoni sud belgilagan tartib turi sharoitida oʻtaydilar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)