# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 62-modda. Rejimning asosiy talablari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/62 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jazoni ijro etish muassasalarida rejim jazodan koʻzlangan maqsadga erishish uchun belgilanadi. Rejim quyidagilarni taʼminlaydi: mahkumlarni batamom ajratib qoʻyish, ularni qoʻriqlash va nazorat qilib turishni; mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish, shuningdek ularning oʻz majburiyatlarini ado etishini; muayyan toifadagi mahkumlarni alohida-alohida saqlashni; muassasa turiga qarab mahkumlarni har xil sharoitda saqlashni; mahkumlarning va muassasa xodimlarining xavfsizligini. Jazoni ijro etish muassasalarida rejim Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Ichki tartib qoidalari va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)