JIK · 68-modda

68-modda. Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati

Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati:

mahkumlar, muassasa xodimlari va boshqa shaxslar xavfsizligini taʼminlash;

mahkumlar mazkur muassasaga yetib kelgunga qadar sodir etgan jinoyatlarni aniqlash va fosh etish;

jinoyatlarni hamda belgilangan saqlash rejimini buzish hollarini aniqlash va ularning oldini olish;

jazoni ijro etish muassasalarida sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish;

ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochgan mahkumlarni qidirish;

boshqa jinoyatlarni fosh etishda yordam berish maqsadida amalga oshiriladi.

Tezkor-qidiruv faoliyatini jazoni ijro etish muassasalarining tezkor xizmatlar xodimlari, shuningdek boshqa vakolatli organlar qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradilar.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.