# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 69-modda. Mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/69 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarni toʻxtatib qolish maqsadida, shuningdek ularni ushlash chogʻida, agar boshqa usullar bilan muassasa maʼmuriyatining qonuniy talablarini taʼminlashning iloji boʻlmasa, mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishi mumkin. Jismoniy kuch ishlatilishi natijasida mahkumning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilgan har bir holat toʻgʻrisida prokurorga darhol xabar beriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)