JIK · 73-modda

73-modda. Oʻqotar qurol qoʻllash tartibi

Oʻqotar qurolni qoʻllashdan oldin qurol qoʻllanilishi mumkinligi haqida ogohlantirish va yuqoriga qarab ogohlantiruvchi oʻq otish kerak. Quyidagi hollarda oʻqotar qurol ogohlantirishsiz qoʻllanilishi mumkin:

qoʻqqisdan hujum qilinganda, qurolli hujumni yoki jangovar texnika, transport vositalari, uchish apparatlari, dengiz va daryo kemalaridan foydalangan holda qilingan hujumni daf etishda, garovga olinganlarni ozod qilishda, ozodlikdan mahrum etish joylaridan qurol bilan, transport vositalari yordamida yoki yurib ketayotgan transport vositalarida, tunda yoki koʻrish cheklangan sharoitda qochilganda.

Oʻqotar qurol qoʻllanilganda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, shuningdek jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun iloji boricha barcha choralar koʻrilishi zarur.

Oʻqotar qurol qoʻllanilgan har bir hodisa haqida raport tuziladi va darhol prokurorga xabar qilinadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.