# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 93-modda. Mahkumlarni mehnat haqi toʻlamay ishga jalb etish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/93 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mahkumlar jazoni ijro etish muassasalarini va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, shuningdek madaniy-maishiy sharoitni yaxshilash ishlarigagina mehnat haqi toʻlamay jalb etilishi mumkin. Mahkumlar mehnat haqi toʻlanmaydigan ishga, odatda, navbatma-navbat, ishdan tashqari vaqtda, haftasiga koʻpi bilan ikki soatga jalb etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)