# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 95-modda. Mahkumlarning moddiy javobgarligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/95 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar: mehnat vazifalarini ado etish chogʻida yetkazilgan zarar uchun — mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda; boshqa xatti-harakatlar oqibatida yetkazilgan zarar uchun — fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda moddiy javobgar boʻladilar. Notoʻgʻri chegirilgan summa mahkumga qaytarilib, uning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)