# Jinoyat kodeksi — 103-modda. Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/103 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Shaxsni qoʻrqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning shaʼni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yoki oʻzini oʻzi oʻldirishiga suiqasd qilish darajasiga yetkazish, – uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram boʻlgan shaxsga nisbatan; b) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; g) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, — yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)