# Jinoyat kodeksi — 118-modda. Nomusga tegish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/118 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Nomusga tegish, yaʼni zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilish, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Nomusga tegish: a) ikki yoki bir necha shaxsga nisbatan; b) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 119, 121, 128 va (yoki) 129-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; v) bir guruh shaxslar tomonidan; g) oʻldirish bilan qoʻrqitib; d) nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, — sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Nomusga tegish: a) oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan; b) yaqin qarindoshga, sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoxud umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsga nisbatan; v) jabrlanuvchini tarbiyalash, oʻqitish va (yoki) unga gʻamxoʻrlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan taʼlim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan; g) ommaviy tartibsizliklar ishtirokchisi tomonidan; d) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa; e) ogʻir oqibatlarga olib kelgan boʻlsa, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxsning nomusiga tegish, — oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)