# Jinoyat kodeksi — 123-modda. Ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/123 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj boʻlgan ota-onani yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlashi, yaʼni ularni moddiy jihatdan taʼminlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻni jami boʻlib ikki oydan ortiq muddat mobaynida toʻlamasligi, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar shaxs aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni toʻliq toʻlagan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)