# Jinoyat kodeksi — 137-modda. Odam oʻgʻrilash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/137 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud boʻlmagani holda odam oʻgʻrilash — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat: a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan; b) gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; g) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat: a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa; b) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa; v) inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish maqsadida sodir etilgan boʻlsa, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)