# Jinoyat kodeksi — 162-modda. Davlat sirlarini oshkor qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/162 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Davlat sirlarini oshkor qilish yoki oʻzgaga berish, yaʼni davlat siri, harbiy sir yoki xizmat siri hisoblangan maʼlumotlarning, bu maʼlumotlar ishonib topshirilgan yoki xizmati yoxud kasb faoliyati yuzasidan ulardan xabardor boʻlgan shaxs tomonidan oshkor qilinishi, basharti, bu qilmishda davlatga xoinlik alomatlari boʻlmasa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)