Oʻtkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek, qimmatli qogʻozlar yoxud chet el valyutasi yoki chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar yasash yoki ularni oʻtkazish —
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) koʻp miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.