# Jinoyat kodeksi — 18-modda. Aqli rasolik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/18 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jinoyat sodir etish vaqtida oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va ularni boshqara olgan shaxs aqli raso shaxsdir. Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda boʻlgan, yaʼni ruhiy holati surunkali yoki vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoxud ruhiy holati boshqacha tarzda buzilganligi sababli oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortilmaydi. Aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga nisbatan sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)