# Jinoyat kodeksi — 184-1-modda. Budjet va smeta-shtat intizomini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/184-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Moliya yilida budjet va smeta-shtat intizomini buzish koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish juda koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)