# Jinoyat kodeksi — 189-modda. Savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/189 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tovarlar savdosi yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini juda koʻp miqdordagi qiymatda buzish — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalari buzilishining oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)