# Jinoyat kodeksi — 192-modda. Raqobatchini obroʻsizlantirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/192 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Raqobatchini obroʻsizlantirish, yaʼni bosma yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnlarda yoki ommaviy axborot vositalari orqali xoʻjalik yurituvchi subyektning ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazish maqsadida bila turib yolgʻon, noaniq yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni tarqatish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)