# Jinoyat kodeksi — 200-modda. Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/200 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish hayvonlarning yoki parrandalarning epidemik kasalliklari (epizootiyalar) tarqalishiga, ularning yalpi qirilib ketishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)