# Jinoyat kodeksi — 222-modda. Qamoqdan yoki qoʻriqlov ostidagi saqlash joyidan qochish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/222 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Qamoqda saqlanayotgan yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan shaxsning qamoqdan yoki qoʻriqlov ostidagi saqlash joyidan qochishi — besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qochish: a) badanga yengil yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazgan holda; b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; v) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)