# Jinoyat kodeksi — 230-modda. Aybsiz kishini javobgarlikka tortish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/230 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan aybsizligi ayon boʻlgan shaxsni ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etganlikda ayblab javobgarlikka tortish — ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat ogʻir yoki oʻta ogʻir ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlikda ayblab sodir etilsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)