# Jinoyat kodeksi — 232-modda. Sud hujjatini ijro etmaslik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/232 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlashni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin davom ettirish, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmishlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)