JK · 236-modda

236-modda. Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish

Jinoyat kodeksi BESHINCHI BOʻLIM HOKIMIYAT, BOSHQARUV VA JAMOAT BIRLASHMALARI ORGANLARINING FAOLIYAT TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR XVI bob. Odil sudlovga qarshi jinoyatlar Rasmiy manba (lex.uz)

Tergov qilishga aralashish, yaʼni muayyan ishning har tomonlama, toʻla va xolisona oʻrganilishiga toʻsqinlik qilish maqsadida surishtiruvchiga, tergovchiga yoki prokurorga turli shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazish, —

uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Sud ishlarini hal etishga aralashish, yaʼni muayyan ishning har tomonlama, toʻla va xolisona koʻrib chiqilishiga toʻsqinlik qilish yoxud adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga yoki xalq maslahatchisiga turli shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazish, —

uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —

muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.