# Jinoyat kodeksi — 237-modda. Yolgʻon xabar berish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/237 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yolgʻon xabar berish, yaʼni jinoyat toʻgʻrisida bila turib yolgʻon xabar berish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat: a) ayblovning sunʼiy dalillarini vujudga keltirgan holda; b) gʻarazgoʻylik niyatlarida; v) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab; g) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda ayblab sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)