# Jinoyat kodeksi — 259-1-modda. Oʻta muhim va toifalangan obyektlarning qoʻriqlanishini taʼminlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/259-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻta muhim va toifalangan obyektlarning qoʻriqlanishini taʼminlashga doir majburiyatlarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ularni bajarishga masʼul boʻlgan mansabdor shaxslari tomonidan bajarilmasligi, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)