# Jinoyat kodeksi — 26-modda. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/26 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Shaxs jinoyatga tayyorgarlik koʻrish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda toʻxtatsa, shuningdek jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish javobgarlikni istisno qiladi. Jinoyatni oxiriga yetkazishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs, agar amalda sodir etgan qilmishida boshqa jinoyat tarkibining barcha alomatlari boʻlsa, ushbu Kodeks boʻyicha javobgarlikka tortiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)