# Jinoyat kodeksi — 264-modda. Temir yoʻlning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo kemasini olib qochish yoki egallab olish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/264 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Temir yoʻlning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo kemasini olib qochish yoki egallab olish — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; b) zoʻrlik ishlatib yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)