Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda, oʻgʻrilik yoki firibgarlik yoʻli bilan egallash —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakat:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270, 273 — 276-8-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan;
g) talonchilik yoʻli bilan;
d) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilib;
e) tovlamachilik yoʻli bilan;
j) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakat:
a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini koʻzlab;
v) bosqinchilik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.