# Jinoyat kodeksi — 271-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda egallash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/271 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda, oʻgʻrilik yoki firibgarlik yoʻli bilan egallash — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat: a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270, 273 — 276-8-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan; g) talonchilik yoʻli bilan; d) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilib; e) tovlamachilik yoʻli bilan; j) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat: a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan; b) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini koʻzlab; v) bosqinchilik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)