# Jinoyat kodeksi — 276-2-modda. Bangixona tashkil qilish yoki saqlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/276-2 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini yoki kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilish yoxud tarqatish uchun bangixona tashkil qilish yoki saqlash, — uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270 — 276-1, 276-3 — 276-8-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — sakkiz yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)