# Jinoyat kodeksi — 276-4-modda. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/276-4 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni oʻgʻrilik yoki firibgarlik yoʻli bilan qonunga xilof ravishda egallash, — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) oʻzlashtirish, rastrata qilish yoki mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan; g) talonchilik yoʻli bilan; d) tamagirlik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat: a) bosqinchilik yoʻli bilan; b) koʻp miqdorda; v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, — oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)