# Jinoyat kodeksi — 279-modda. Boʻysunmaslik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/279 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Boʻysunmaslik, yaʼni buyruqni bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortish, shuningdek, buyruqni boshqa tarzda qasddan bajarmaslik — ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish: a) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa; b) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)