# Jinoyat kodeksi — 281-modda. Boshliqqa qarshilik koʻrsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga majbur qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/281 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Boshliqqa, shuningdek harbiy xizmat yuzasidan oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan boshqa shaxsga qarshilik koʻrsatish yoki uni mazkur vazifalarni buzishga majbur etish — ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) bir guruh shaxslar tomonidan; b) qurol ishlatib sodir etilgan boʻlsa; v) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)