JK · 287-modda

287-modda. Harbiy qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish

Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisining harbiy qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek, harbiy qismdan qisqa muddatga ruxsat berilganda, boshqa xizmatga tayinlanganda yoki boshqa xizmat joyiga oʻtkazilganda, xizmat safaridan, otpuskadan yoki davolash muassasasidan uzrli sabablarsiz bir kecha-kunduzdan ortiq, lekin oʻn kecha-kunduzdan koʻp boʻlmagan muddat davomida xizmat joyida hozir boʻlmasligi, shunday qilmishlar uchun intizomiy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —

bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi, ofitserlar tarkibidan boʻlgan shaxs yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) boʻyicha oʻtayotgan harbiy xizmatchining qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek uzrli sabablarsiz belgilangan muddatdan oʻn kecha-kunduzdan ortiq, lekin bir oydan koʻp boʻlmagan muddat davomida xizmat joyiga yetib kelmasligi —

ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Harbiy qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, xizmatga belgilangan muddatdan uzrli sabablarsiz bir oydan ortiq vaqt ichida yetib kelmaslik ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —

besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, muddatidan qatʼi nazar, —

besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.