# Jinoyat kodeksi — 288-modda. Dezertirlik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JK/288 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Dezertirlik, yaʼni harbiy xizmatdan butunlay boʻyin tovlash maqsadida harbiy qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, shu maqsadda xizmat joyiga yetib kelmaslik — besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish ofitserlar tarkibidan boʻlgan shaxs yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) boʻyicha oʻtayotgan harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JK)